Tokio-2020. Gimnastikachimiz Rasuljon Abdurahimov 66 ta sportchi orasida 49-o‘rinni egalladi. LIVE

  • 24 iyul, 2021, 05:23
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Assalomu alaykum, muhtaram sport ixlosmandlari! Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining eng so‘nggi yangiliklarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bugun, 24 iyul kuni 11 nafar yurtdoshimiz o‘z yurishini boshlaydi. Kun davomida ularning natijalarini onlayn yoritib boramiz! Yangiliklarni SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!

Tecno

18:04. Erkaklar o‘rtasidagi sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov o‘z chiqishini yakunladi. U 79.064 ochko jamg‘argan holda 66 sportchi orasida 49-o‘rinni egalladi.

13:58. Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov 234 km masofaga o‘tkazilgan bahsda 128 ta sportchi orasida 64-o‘rinni egalladi. Unga bu masofani bosib o‘tish uchun 6 soat 21 daqiqa 46 soniya kerak bo‘ldi.

11:13. Hozirgina tennischimiz Denis Istomin va hindistonli Sumit Nagal o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuv 6/4, 6/7,6/4 hisobida hindistonlik sportchining g‘alabasi bilan yakunlandi.

11:06. Hamyurtimiz Denis Istomin hamda hindistonlik tennischi Sumit Nagal o‘rtasidagi o‘yinning 3-seti bo‘lib o‘tmoqda. Hozircha 5:4 hisobida Nagal oldinda.

10:43. Afsuski, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda ham 1 bokschimiz turnirni tark etdi. -91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Sanjar Tursunov Abdelxafid Benchabla qarshiligini sindira olmadi. Jang jazoirlik sportchining g‘alabasi bilan yakunlandi.

10:38. Ikkinchi raundda 3 hakam Sanjarning, 2 referi Abdelxafidning g‘alaba qozonganini bildirdi. Yagona umid 3-raunddan!

10:34. Vakilimiz ilk raundni 9:10 hisobida boy berdi. Barcha hakamlar bir ovozdan raqib g‘alabasini ta’kidladi. 

10:30. -91 vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov jazoirlik Abdelxafid Benchablaga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang boshlandi!

10:25. Tomonlar tanaffusdan unumli foydalangan holda biroz nafas rostlamoqda. Quyida esa 2-set statistikasi bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

IMG_20210724_102405

10:18. Setlarning dastlabkisini yutqazgan Istomin 2-setda kichik kambek amalga oshirdi. 2:4 hisobida ortda borayotgan bir paytda o‘yinga qayta olgan tennischimiz setni tay-brekda o‘z foydasiga yozdirib qo‘ydi. Yakuniy hisob: 7:6 (8:6). Endi barchasi 3-setda hal bo‘ladi.

09:15. Teng kurashlar ostida kechgan dastlabki setda raqib tennischisi 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

IMG_20210724_091443

08:40. Ayni daqiqalarga kelib tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Denis Istomin o‘z yurishini boshladi. Hindiston sharafini himoya qilayotgan Sumit Nagalga qarshi kortga chiqqan vakilimiz 4 setdan keyin 2:2 hisobini qayd etmoqda.

08:32. -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Sharofiddin Lutfillaev Artyom Lesyuk qarshiligini sindira olmadi. "Oltin ochko"ga qadar davom etgan bahsda ukrainalik sportchi vadzari bahosi bilan g‘alabani ilib ketji.

08:22. Dzyudo turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan -60 kg vaznli sportchimiz Sharofiddin Lutfillaev ukrainalik Artyom Lesyukka qarshi tatamiga chiqadi. Ayni paytda jang boshlandi!

07:50. Yana bir yo‘qotish. -69 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Shahnoza Yunusova polshalik raqibasiga qarshi ringga ko‘tarildi va musobaqa bilan erta xayrlashishga majbur bo‘ldi. Har uchala raund Karolina foydasiga hal bo‘ldi.

07:44. Afsuski, qilizbozlik turida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Malika Hakimova xitoylik sportchiga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bellashuvda Hakimova 10:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.

07:40. Boks bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Shahnoza Yunusova polshalik raqibasiga qarshi ringga ko‘tarildi. Ayni paytda jang davom etmoqda.

07:12. Eshkak eshish turi bo‘yicha ishtirok etayotgan vakillarimiz Shahboz Holmirzaev va Sobirjon Safaraliev juftligi 6:44,98 daqiqada marraga etib keldi va 4-o‘rinni band etdi. Sportchilarimizda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati vaqtincha saqlanib qolmoqda.

5:39. Birinchi davrda ketma-ket 6 ochkoni boy bergan vakilimiz keyinchalik o‘zida kuch topa oldi va hisobni qisqartirdi. Biroq tajriba o‘z so‘zini aytdi va bellashuv raqib foydasiga 15:11 hisobi bilan yakunlandi. Shu tariqa, 19 yoshli Mamutov faoliyatidagi ilk Olimpiadadagi yurishini erta tugatishga majbur bo‘ldi. Sherzodning keyingi faoliyatiga omad tilagan holda, vakillarimizni muxlislik qilishda davom etamiz!

5:30. Qilichbozlik bahslarida qatnashayotgan Sherzod Mamutov o‘z yurishini ruminiyalik Yulian Teodosiuga qarshi kurash bilan boshladi. 

05:30. O‘zining 6-urinishini amalga oshirgan vakilamiz ochkolari sonini 622.2 taga etkazib oldi va endi u 33-o‘rinda.

Snimok1

05:20. Rejaga ko‘ra, birinchi bo‘lib Tohirova kurashga qo‘shildi. Iste’dodli sportchimiz 5 urinish amalga oshirgan holda, o‘z hisobiga 497.1 ochko yozdirib qo‘yishga erishdi. U har bir urinishda o‘rtacha 10 356 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Muhtasar hozircha 50 sportchi orasida 34-pog‘onani band etgan.

Muhtasar Tohirova (o‘q otish) - 04:30;

Sherzod Mamutov (qilichbozlik, yakkalik) - 05:30;

Shahboz Holmirzaev, Sobirjon Safaraliev (eshkak eshish, juftlik) - 06:50;

Murodjon Holmurodov (velosport) - 07:00;

Sharofiddin Lutfillaev (dzyudo) - 07:00;

Denis Istomin (tennis) - 07:00;

Malika Hakimova (qilichbozlik) - 07:25;

Shahnoza Yunusova (boks) - 07:30;

Sanjar Tursunov (boks) - 10:15;

Rasuljon Abdurahimov (sport gimnastikasi) - 15:30.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
25/07/2021 03:25
ЎЗБЕКИСТОН ЧЕМПИОНАТИ БАХСЛАРИДА ЧЕМПИОН БЎЛА ОЛМАГАН САНЖАРНИ НИМА УЧУН ОЛИМПИАДАГА ОЛИБ БОРИШГАНИГА ҲАЙРОНМАН.
ФАНАТ ҚАХРАМОНОВ ҲАҚИДА ҲАМ ҲУДДИ ШУ ФИКИРДАМАН.
БУХОРОЛИК ИСМИ ЭСИМДА ЙЎҚ , ФАМИЛИЯСИ АБДУЛЛАЕВ ЧЕМПИОН БЎЛДИ, ШУНИ ЭТИШ КЕРАК ЭДИ ОЛИМПИАДАДА. ШУ ЕРДА ҲАМ
К О Р У П Ц И Я.....
БУ БИЗ УЧУН ЎЛМАСССС ИЛЛЛАТ ШЕКИЛЛИ. ГАРЧАН УНИНГ ВАЗИРЛИГИНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШСА ҲАМ БУ ЙЎНАЛИШ ЎЛМАЙДИ ШЕКИЛЛИ БИЗДА.
НОМИНГ УЧСИН
К О Р У П Ц И Я..........
.............
&
Ramzis ll
24/07/2021 10:47
O'zi Sanjar xato nimaga uni hamma joyga sudrab yuraverishadi murabbiylar