
Tokio-2020. Bronza medali uchun Bobonovning raqibi ma’lum bo‘ldi
Hamyurtimiz Davlat Bobonov bronza medali uchun o‘tish bahsida ispaniyalik Nikoloz Sherazadishviliga qarshi tatamiga chiqdi. Bobonov ushbu kurashda g‘alaba qozondi va bronza medali uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Endi Bobonov bronza medali uchun Maykl Zgankga qarshi jang qiladi. Turkiyalik sportchi o‘tish jangida Germaniya sharafini himoya qilayotgan Eduard Trippelga mag‘lub bo‘ldi.
Bobonov - Trippel jangi 4 ta bellashuvdan keyin boshlanadi. Ya’ni, taxminan 1 soatlar vaqt talab etiladi.
Tokio-2020. Davlat Bobonovning ortda qolgan ikki jangidan fotogalereya
Fikrlar