Tojikiston termasiga yangi futbolchi chaqirildi

  • 29 avgust, 2020, 22:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston milliy terma jamoasi 3 sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun Dushanbeda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Tecno

Ayni paytda terma jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshevning ixtiyorida 24 nafar futbolchi shug‘ullanmoqda. Lekin tarkibda o‘zgarish yuz berdi. O‘z klubida jarohat olgan Iskandar Jalilov o‘rniga “Istiqlol”ning boshqa vakili 20 yoshli Vaxdat Xanonov terma jamoaga taklif qilindi.

Tojikiston termasi mashg‘ulotlarini “Ko‘ktosh” jamoasining stadionida o‘tkazmoqda. Terma jamoa a’zolari 31 avgustga qadar shug‘ullanishadi va shundan so‘ng Toshkentga yo‘l oladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!