
Tojikiston chempioni Toshkentda yig‘in o‘tkazadi va nazorat uchrashuvidagi raqiblari oydinlashdi
Tojikistonning birinchi raqamli klubi – “Istiqlol” yozgi tayyorgarlik doirasida Toshkentda 10 kun davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.
20-30 iyul oralig‘idagi tayyorgarlik jarayonida Tojikiston chempioni uchta nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Dastlab 22 iyul kuni Namanganda “Navbahor”ga qarshi maydonga tushishadi. 25-kuni “Lokomotiv” maydonida mezbonlarga qarshi kuch sinashadi. Toshkentdagi yig‘inning oxirgi uchrashuvi 29 iyul kuni pro liga vakili “Andijon”ga qarshi o‘tkaziladi.
“Istiqlol”ning sobiq bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko “Neftchi”da ish boshlaganidan keyin hozircha uning o‘rniga rasman hech kim tayinlangani yo‘q.
Fikrlar