Tezkor xabar! OFK 2020 yilga rejalashtirilgan "JCh-2022" saralash o‘yinlarini o‘tkazmaslikka qaror qildi

  • 12 avgust, 2020, 11:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kuzda O‘zbekiston milliy jamoasi "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023"ga qo‘shma saralashidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlarda maydonga tushishi rejalashtirilgan edi.

Tecno

Ammo, sayyoramizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat hamon murakkabligicha qolayotgani sabab, OFK va FIFA o‘zaro kelishgan holda joriy yil oxirigacha milliy jamoalar o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi. Ushbu o‘yinlar 2021 yilda tashkil etiladi.  

Saralash uchrashuvlarining yangi sanalari tez orada e’lon qilinadi.

Quyida O‘zbekiston milliy jamoasining "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023"ga qo‘shma saralashining 2-raundidan o‘rin olgan va oktyabr-noyabr oylarida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinlar taqvimi bilan tanishib olishingiz mumkin:

13 oktyabr

Yaman – O‘zbekiston

12 noyabr

O‘zbekiston – Singapur

17 noyabr

Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston

Shuningdek, sentyabr oyi boshida Toshkentda Tojikiston va Eron terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari ham belgilangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!