
Tezkor! Neymar jiddiy jarohat oldi
Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Urugvay - Braziliya bahsining 47-daqiqasida Neymar De la Krus bilan kurashda maydonga noqulay yiqildi va jiddiy jarohat oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Neymar tizzasidan jiddiy jarohat olgan va stadion yaqinidagi shifoxonaga olib ketilgan. Tez orada rasmiy bayonot beriladi.
O‘yindan oldin futbolchi mazkur bahsni asosiy tarkibda emas, zaxira o‘rindig‘ida boshlashi haqda mish-mishlar tarqalgandi. Sababi, u o‘tgan uchrashuvda ham o‘zini noqulay his qilgan.
Fikrlar