
Terma jamoamiz bu safar Irlandiyaga o‘ta yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Xorvatiyadagi "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida navbatdagi uchrashuvini Irlandiyaga qarshi o‘tkazdi.
Afsuski, Zayniddin Tojiev qo‘l ostidagi yoshlarimiz ushbu o‘yinda ham yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob 6:0, irlandiyaliklar foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz dastlabki o‘yinda mezbon Xorvatiyaga 3:0 hisobida yutqazib qo‘yishgan edi.
Fikrlar
Ular mabodo hokkey o'ynamayabdimi