Terma jamoalar murabbiylarining ikkita joyda ishlashi, Vadim Abramovning o‘rniga Shota Arveladze variantiga munosabat - Xayrulla Hamidov

  • 27 oktabr, 2020, 19:18
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbek futbolida oxirgi paytlarda bir murabbiyning bir nechta joyda ishlashi odatga aylanmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov “qaldirg‘ochlar”ning ham ustozi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga Ravshan Haydarov murabbiylik qiladi va “Surxon” klubini ham boshqarmoqda. Abramovga bosh jamoada yordamlashadigan Temur Kapadze O‘zbekiston U-19 bosh murabbiyi va shu bilan birgalikda “Lokomotiv” klubida Andrey Miklyaevga assistent. Server Jeparov esa O‘zbekiston U-14 murabbiyi va milliy terma jamoada Vadim Abramovga yordamchi sanaladi. Eshitishimizga qaraganda, Jeparov Abramovga vaqtincha yordam bermoqda. U Kapadzening o‘rnida ishlab turgan ekan.

Tanganing ikkinchi tomoni bor, terma jamoamizni muhim o‘yinlar kutmoqda. Jamoa yig‘inni yakunlaganidan so‘ng, Vadim Karlenovichga kim qanday yordam berayotgan ekan, shunisi qiziq. Chunki har bir yordamchisining yana boshqa ish joyi bor. Ularga ham vaqt ajratmasa bo‘lmaydi. Lekin bosh jamoaning qolib ketishi ham noto‘g‘ri. Masalan, Abramovga yaqindan yordam berishi aytilgan Temur Kapadze yoshlarga qarasinmi yoki natijalari yomonlashgan “Lokomotiv”ga? Muhim pallada milliy jamoa raqiblarini kim o‘rganadi? Kapadzemi yoki Jeparov? Server raqiblarimiz haqida ma’lumotlar to‘plash bilan band bo‘lsa, U-14ning taqdiri nima bo‘ladi? Xullas bunday paytda bir-biriga bog‘liq savollar juda ko‘p. Achinarlisi, bu yo‘l biz uchun hech qachon yordam bermagan. Agar ijobiy jihat bo‘lganda, biz allaqachon jahon chempionatiga chiqqan bo‘lardik, bir marta bo‘lsa ham Olimpiadaga borardik. Vadim Abramov terma jamoa va klubda ishlashning yomon tomoni yo‘qligini ta’kidlab, bu borada terma jamoa yilda bir necha marotaba yig‘ilishi, qolgan payt klubda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib turishini aytgandi. Bu qanchalik to‘g‘ri ekanligiga futbolimiz tarixi javob berib turibdi. O‘z navbatida, bu xorij tajribasida ham qo‘llanilmaydigan usul.

jeparov2_1

Yana bir jihat borki, u haqida ham so‘z yuritmasak bo‘lmaydi. Bu oxirgi paytlarda muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, Samvel Babayan davrida Aleksandr Lobanov va Igor Sergeev terma jamoa o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushishi, Vadim Abramovda esa Lutfulla To‘raev va ko‘plab bunyodkorchilarning yig‘inlarga jalb etilishi ishqibozlar tomonidan tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. To‘g‘ri, muxlislarga qaysidir futbolchining harakatlari yoqmas, lekin ularni yaqindan siz-u, bizdan ko‘ra o‘sha murabbiylar yaxshiroq biladi. Bu borada taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidovning fikrlari qanday ekanligini bilish maqsadida ularga murojaat qildik.

Oxirgi paytlarda Vadim Abramovning terma jamoaga chaqiriladigan futbolchilar borasidagi tanlovi, “Bunyodkor”dagi natijalarning pasaygani muxlislarning xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Ularning nazdida go‘yoki, uning qarashlari eskirgandek. Biroq shuni unutmaslik kerakki, Abramov o‘rtoqlik uchrashuvlarida natijalardan ko‘ra o‘yiinga ko‘proq e’tibor qaratadi. Asosiy musobaqada esa, o‘zini ko‘rsatishga urinadi. Buni "Qatar-2011"da ko‘rganmiz. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonlarida Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz nazorat bahslarida g‘alaba qozona olmasdi. Bu ishqibozlar orasida qo‘rquvni yuzaga keltirgandi. Ammo chempionatda ajoyib o‘yinlarni aynan terma jamoamiz namoyish etgandi.

Keling, muxlislarning qo‘rquvidan kelib chiqib, Abramovning o‘rnini kim egallashi mumkinligi borasida fikr mulohaza yuritamiz. Bu lavozimga xorijdan murabbiy olib keldik, bo‘lmadi. Mahalliy mutaxassislarni tayinladik, o‘xshamadi. Endi yana bitta yo‘l bor. U ham bo‘lsa Shota Arveladze. Gruziyalik murabbiy yurtimizda bir necha yildan beri faoliyat olib bormoqda va “Paxtakor”ning o‘yinida sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Balki uning varianti borasida mutaxassis fikriga quloq tutarmiz. Albatta, bu shunchaki fikr-mulohaza ekanligini unutmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
27/10/2020 22:52
Бунеткор каранг кучли олтиликга аранг киради СУРХОН тамом булди ким нима килди Хайдаров нима килди сурхондарёга борадими йук кечириб куйасиз, билмадим Копадзе локони кучайтирди дейлик аввалги иши нима булди
Расулжон Тоштемиров
27/10/2020 22:41
Мен каршиман аввал бир жамони яхшилаб койилатиб куйсин илтимос Абрамов Хайдаров Копадзе Же паров жаноблари, Арвеладзе келсак шунча пул шундай уйинчилар состав билан Узбекистан эллик фойиз тренерлари хам чемпион кила олади мени фикрим
Кахрамонжон Сафаров
27/10/2020 20:12
Эй юртдошлар Шота ....ладзе Узбек Футболи учун нима килиб берди агар ростдан хам унга чакирув булган булса йуколиб кетсин уша томонларга бу ишни Тошкентдаги айрим окахонлар шашликхонада мен хал киламан деб юборган шекили, мени тугри тушунинглар Узбек футболига ва халк учун жонини тикадиган тренер керак бу эса Вадим Абрамов мени тушунчам буйича Абдураимовлар, М.Косимов ва йибанян бу инсонга карши ва узларини овчаркаларини ишга соляпти эх Узбекни Байроги ЖЧ стадионларида хилпираши менга орзу юкорида курсатилган инсонлар сокка бошка хеч нарса уйида йук
28/10/2020 18:58
Пахтакор кимлар билан чемпион булмади лекин шу чемпион килган тренерлар биронта командага бориб чемпион була олдими Пахтакор тренерсиз хам чемпион була олади бунга хамма куникиб булди аллакачон, Арвеладзени МТЖ га куйишдан олдин 1 йил Сурхонгами Бухорогами куйиб куриш керак чемпион эмас майли кучли 3 ликка кирита олармикан, командани шакллантира олармикан,ана ундан кейин МТЖ, ОТЖ ни кушиб берса хам булади
28/10/2020 19:00
Пахтакор кимлар билан чемпион булмади лекин шу чемпион килган тренерлар биронта командага бориб чемпион була олдими Пахтакор тренерсиз хам чемпион була олади бунга хамма куникиб булди аллакачон, Арвеладзени МТЖ га куйишдан олдин 1 йил Сурхонгами Бухорогами куйиб куриш керак чемпион эмас майли кучли 3 ликка кирита олармикан, командани шакллантира олармикан,ана ундан кейин МТЖ, ОТЖ ни кушиб берса хам булади