
Ten Xag: Ularning bizdan xafsalasi pir bo‘lgan
Erik ten Xagning fikricha, MYu muxlislar ishonchini qaytarishi kerak.
- "Manchester Yunayted" muxlislariga "Aston Villa"ga qarshi muhim o‘yin oldidan nima deyishni xohlaysiz? Sizga ularning qo‘llab-qo‘vvatlovi kerakmi?
"Birinchi navbatda ayta olamanki, ularning bizdan xafsalasi pir bo‘lgan. Biz hammasini tuzatishimiz kerak. Biz hammasini boshqacha qilishimiz lozim.
Biz omadsizliklar paytida ham bizni qo‘llab-quvvatlaydigan ishqibozlarimizni juda ham qadrlaymiz. Ular hamma vaqtda biz bilan.
Albatta, bizga ularning yordami kerak. Shunday bo‘lsa-da, ularning ishonchini qaytarish uchun men va futbolchilar harakat qilishimiz shart", - dedi mankunialiklar ustozi.
Fikrlar