
Ten Xag: "Men Garri Potter emasman"
Erik ten Xag Reshfordning muvaffaqiyatli o‘yini haqida gapirdi. Forvard niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Markus so‘nggi 10 ta o‘yinda 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
"Men Garri Potter emasman". Bu ishonch masalasi. Har bir o‘yinchi o‘ziga ishonishi lozim. U buning uchun kurashdi.
Albatta, men va murabbiylar shtabi unga mos keladigan pozitsiya va o‘yin strukturasi ustida ish olib boryapmiz.
Shunday bo‘lsa-da, hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Markus juda yaxshi formada. Mashg‘ulotlardan so‘ng ham mashq qilish uning uchun odatiy holga aylanib bormoqda", - dedi "qizil iblislar" ustozi.
Fikrlar