
Ten Xag “Barsa”dan zo‘r futbolchi tanladi
“Manchester Yunayted”ni boshqarishda davom etayotgan Erik ten Xag yozda transfer qilinadigan futbolchilarni tanlamoqda.
Bu gal niderlandiyalik mutaxassis “Barselona”da o‘ynayotgan hamyurti Frenki de Yong o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.
Todofichajes nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar ham o‘z pleymeykeri bilan xayrlashishga tayyor va bu o‘yinchi bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqadi.
Frenki de Yong jarohati tufayli Evropa chempionatida ishtirok etolmayapti.
Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Niderlandiyalik futbolchi ayni paytda 70 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar