Ten Xag "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi

  • 23 iyul, 2023, 15:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ning "Arsenal"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi o‘yinidan mamnun (2:0, 5:3 (penaltilar seriyasi)).

Tecno

“Menimcha, biz juda yaxshi o‘ynadik. To‘p bilan va to‘psiz faolligimizdan juda mamnunman. Jamoa aynan shunday harakat qilishini xohlayman. Hozir mashg‘ulotlarda o‘z ustida maksimal ishlash mumkin bo‘lgan yilning eng yaxshi vaqti.

Butun mavsumni yo‘qotishlarsiz o‘tkazishga harakat qilamiz va har doim g‘alaba qozonishni istaymiz. O‘ylaymanki, yaxshi natija qayd etdik. Biz hamma narsani birgalikda qiladigan presslash mashinasi kabi bo‘lishimiz lozim. 

Bugun ikkala bo‘limda ham muvaffaqiyatga erishdik. "Arsenal" juda yaxshi raqib ekanligini hisobga olsak, bu bizga oldinga siljishimizga yordam beradi. O‘tgan mavsumda ular Premer-ligada ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Shuning uchun biz ular bilan o‘ynaganimiz juda foydali", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!