
Tayson Fyuri va Joshua o‘rtasida kutilayotgan ikki jang gonorari qanday taqsimlanadi?
Super og‘ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0-1 21KO) va WBA, IBF, WBO, IBO, kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1 21KO) bilan o‘zaro 2 ta jang uchun kelishuvga erishdilar. Bu haqda Joshuaning promoutri Eddi Xirn "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Biroq bu bokschilar o‘rtasidagi jangdan avval har ikkisi ham bir nechta himoya janglari o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Xususan, Tayson Fyuri dastlab Deontay Uaylderga (42-1-1 41KO) qarshi 3-jang va da’vogar Dillian Uaytga (27-1 18 KO) qarshi himoya jangini, Joshua esa, IBF kamari uchun da’vogar Kubrat Pulev (28-1 14KO) bilan himoya janglarida ringga chiqishlari kerak. Joshua va Fyuri to‘qnashuvi katta ehtimol bilan 2021 yil yoz oylariga reja qilinmoqda.
Ular o‘rtasidagi ikki jang bo‘yicha gonorar quyidagicha taqsimlanadi:
1- jangda har ikkala bokschi o‘zaro teng 50-50 miqdorda.
2-jangda esa, g‘olib bo‘lgan bokschi umumiy ajratilgan mablag‘ning 60 foizi, mag‘lub 40 foiz miqdorda gonorar olishga rozi bo‘ldilar.
Fikrlar