
Tarkibida Aziz G‘aniev o‘ynaydigan, OChL finalchisi, "Paxtakor"ning raqibi "Shabab Al-Ahli" haqida
Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” klubi 1970 yili mahalliy uchta klubning birlashishi natijasida tashkil etilgan.
“Shabab Al-Ahli” uy uchrashuvlarini Dubaydagi “Ar-Rashid” stadionida o‘tkazadi. Ushbu o‘yingoh o‘z bag‘riga 18000 muxlisni sig‘dira oladi.
Jamoa BAAning 7 karra chempioni: 1974/75, 1975/76, 1979/80, 2005/06, 2008/09, 2013/14, 2015/16, 8 karra kubok sohibi: 1975, 1977, 1988, 1996, 2002, 2004, 2008, 2013. 4 bor BAA Liga kubogi (2011–12, 2013–14, 2016–17, 2018–19), 4 marta BAA Superkubogi g‘olibi (2009, 2013, 2014, 2016).
2015 yili OChL finalida ishtirok etgan dubayliklar hal qiluvchi bahsda Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. BAAdagi birinchi finalda hisob ochilmagan. Javob uchrashuvida esa, mezbonlar Elkesonning yagona goli evaziga bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu uchrashuvni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib borgandi.
“Shabab Al-Ahli” o‘tgan mavsum BAA Pro-ligasida 2-o‘rinni egallagandi. Bu mavsum esa turnir jadvalida birinchi o‘rinda ketmoqda.
Ushbu jamoa tarkibida hamyurtimiz Azizjon G‘aniev to‘p tepadi. Bundan tashqari, amirliklar tarkibida braziliyalik Karlos Eduardo hamda Leonardo, ispaniyalik Pedro Konde va argentinalik Federiko Kartabia kabi kuchli legionerlar jam bo‘lgan. Osiyoning mashhur futbolchilaridan biri Ahmad Xalil ham dubayliklar sharafini himoya qiladi.
"Paxtakor"ga qarshi Toshkentda kechgan dastlabki qarama-qarshilikda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan va jamoaning argentinalik ustozi Rodolfo Arruabarena iste’foga chiqarilgan. Ushbu bellashuvda Jaloliddin Masharipov va Dragan Cheran arablar darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Pedro Konde "Shabab Al-Ahli"ning yagona goliga mualliflik qilgan.
Hozirda, "sherlar"ning raqibini ispaniyalik Jerar Saragosa boshqaradi. 38 yoshli mutaxassis Gruziyaning "Torpedo" va "Lokomotiv" klublarida bosh murabbiy sifatida ish olib borgan. Keyinchalik, Qatarning "Al-Rayyan" jamoasida ishlagan bo‘lsa, 2018/19 yilgi mavsumda Hindistonning "Bengaluru" klubida yordamchi murabbiy vazifasini o‘tagan. Shu yilning iyunidan boshlab, Azizjon G‘aniev jamoasiga bosh murabbiylik qilib kelmoqda.
"Shabab Al-Ahli"ning OChL uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan futbolchilari:
Darvozabonlar:
1. Jamol Ismoil;
17. Hassan Hamza;
55. Majid Nosir;
Himoyachilar:
2. Salmin Hamis;
4. Muhammad Marzuq;
5. Volid Abbos;
9. Abdulaziz Haykal;
19. Marvan Al Vatani;
20. Yusuf Jaber;
21. Muhammad Jaber;
29. Omar Ahmad;
33. Xalifa Muborak;
37. Ahmad Abdulloh;
Yarim himoyachilar:
3. Karlos Eduardo (Braziliya);
6. Aziz G‘aniev (O‘zbekiston);
7. Ismoil Al Hammadi;
8. Volid Hussayn;
15. Abdulla Naqbi;
16. Said Al Blushi;
30. Muhammad Juma;
42. Leonardo (Braziliya);
62. Abdulaziz Sangur;
77. Ahmad Al Hashmi;
78. Eyd Xamis;
88. Majid Hassan;
Hujumchilar:
10. Pedro Konde (Ispaniya);
11. Ahmad Halil;
34. Harib Abdulloh;
95. Rashid Suhayl;
Fikrlar
2018 yil navbaxor 3 chi urinni oldi kubokda agmkga qoberdi ataylap
2019 sugdiyona chiqishi keregidi bunyodkorga oxirida qoberdi qisqasi xammasi keliship quyilgan senariy asosida ketyapti undan kura yep kegani yaxshi bu qumrusqalani