
Tailand CAFA turnirida ishtirok etmasligi mumkin. Sababi...
O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev Tailand terma jamoasi Markaziy Osiyo chempionatida ishtirok etish taklifini rad etishi mumkinligi haqida yozdi.
"Janubiy-Sharqiy Osiyo OAVlarining yozishicha, Tailand futbol assotsiatsiyasi haqiqatan ham CAFA chempionatida ishtirok etish uchun taklif olgan, biroq katta ehtimol bilan ishtirok etish xarajatlari juda yuqori bo‘lgani uchun ular bu taklifni rad etishlari kutilmoqda.
Jurnalistlarning fikricha, Tailand terma jamoasi CAFA a’zosi bo‘lmagani sababli turnirdagi ishtiroki uchun barcha xarajatlarini o‘zi to‘lashi kerak bo‘ladi. Tailand jamoasi esa bunday xarajatlarga tayyor emas", - deb yozadi A. Nikimbaev o‘zining telegram sahifasida.
Eslati bo‘tamiz, bundan avvalroq Tailand terma jamoasi taklifni rad etsa, uning o‘rnini Xitoy terma jamoasi egallashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar