Taekvondo WT. O‘zbekiston terma jamoasi birinchi marta Olimpiadaga 5 nafar sportchi bilan boradi!

  • 19 iyun, 2024, 18:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar taqsimotini qayta shakllantirdi. E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich +80 kg vazn toifasida Olimpiada ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rafalovich 2023 yil yakunida e’lon qilingan Olimpiada reytingida oltinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

Shu tariqa, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida ilk bor 3 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchi bilan qatnashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!