Suv idishini bolboyga qarata tepgan "Surxon" futbolchisi uzr so‘radi

  • 27 iyun, 2024, 09:57
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliganing 13-tur doirasida "Olimpik" - "Surxon" bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Temur Kapadze shogirdlarining 2:0 xisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan qarama-qarshilikda ko‘pchilikning e’tiborini tortgan vaziyat ro‘y berdi. Termizliklar himoyachisi Nodir Ne’matxonov raqibiga nisbatan "Zidan uslubi"ni qo‘llagani uchun o‘yindan chetlatildi. Maydonni tark etish arafasida asablarini jilovlay olmagan futbolchi esa bolboyga qarata plastik idishni tepdi. Mazkur vaziyat kechaning o‘zida yaxshigina muhokamalarga sabab bo‘ldi. "Surxon" jamoasi matbuot xizmati "issig‘ida" vaziyatga oydinlik kiritib, futbolchisining qilgan ishi noto‘g‘ri bo‘lganini tan olib, quyidagicha bayonot berdi:

Tecno

"Olimpik"ka qarshi o‘tgan o‘yinning 2-bo‘limida ximoyachimiz Nodir Ne’matxonov qizil kartochka oldi. Keyin xissiyotlarga berilib, bo‘sh suv idishini tepib yubordi va bu idish bolboy yonidan o‘tib ketdi. Futbol- bu nafaqat g‘alabadan keladigan xursandchilik, chiroyli gollar, balki xissiyot xamdir. Afsuski, bu vaziyatda futbolchimiz o‘zini noo‘rin tutdi. "Surxon" PFK bu xarakatni umuman oqlamaydi. Klubimiz doimo xalol futbol tarafdoridir. 

Ne’matxonovning xarakatlari uchun bolboy va uning ota-onasidan uzr so‘raymiz. 

O‘z navbatida futbolchimiz xam tashabbus ko‘rsatib, bolaninig ota-onasi bilan gaplashish uchun telefon raqamini olgan va yaqin daqiqalarda ular bilan bog‘lanadi".




 

"Surxon" PFK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
27/06/2024 10:28
Бир умрга четлатиш керак футболдан