Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!

  • 28 sentabr, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining oltinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Byornli” uchrashuvida “shaharliklar” raqib ustidan 5:1 hisobida zafar quchib, chempionatdagi uchinchi g‘alabasini nishonladi.

Tecno

Ushbu uchrashuvda Xosep Gvardiola boshlang‘ich tarkibga jiddiy o‘zgarishlar kiritishiga to‘g‘ri keldi. Bu asosiy tarkib o‘yinchilari  orasida jarohatga yo‘liqqanlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘ldi.

“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan esteemedkompany.com sayti ekspertlari jamoa tarkibidagi o‘zgarishlarga oid tahliliy maqola tayyorladi. Sports.uz portali ushbu materialda Abduqodir Husanovning atrofidagi vaziyat qalamga olingani bois, uni o‘quvchilar e’tiboriga havola etishni lozim topdi.

- “Manchester Siti” bu galgi uchrashuvni jarohatlangan Rodri, Abduqodir Husanov, Rayan Ayt-Nuri, Rayan Sherki va Umar Marmushsiz boshladi. G‘alabali qozonilgan bahsda ishtirok etganlarning o‘yiniga qarasak, Xosep Gvardiola jamoasida asosiy tarkibga kirish uchun o‘yinchilar o‘rtasida jiddiy boshlangani namoyon bo‘ladi.

Bu holat Pepning xursand qilmoqda. Har bir pozitsiyada ichki raqobatning kuchayishi jamoaning umumiy darajasi oshishiga olib keladi.

“Byornli” qarshi uchrashuvda Rodri, Abduqodir Husanov, Rayan Ayt-Nuri, Rayan Sherki va Umar Marmush kabi asosiy tarkib vakillarining yo‘qligidan foydalangan bir necha futbolchilar o‘zini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi. Xususan, Jeremi Doku, Niko O’Rayli, Mateush Nunesh va hatto Niko Gonsalesga ilk daqiqalardan foydonga tushish imkoni berildi.  Agar Marmush, Ayt-Nuri, Sherki, Rodri va Husanov safda bo‘lganida ularga bunaqa imkoniyat taqdim etilmas edi. Bu futbolchilarning bari Xosep Gvardiolaning ishonchini qozonib bo‘lgani uchun ham shu fikr ilgari surilmoqda.

Xo‘sh, zaxirada o‘tirganlar orasida yuzaga kelgan vaziyatdan kim qanday foydalanib qoldi?

Niko O’Rayli chap qanot himoyachisi o‘rnini o‘ziniki qilib oldi. Niko bu qanotdagi o‘yinlari orqali asli chap qanot himoyasida o‘ynashga asosiy da’vogar bo‘lgan Rayan Ayt-Nuriga shu paytgacha jismoniy kuch-quvvat etishmagani ko‘rsatib berdi.

Umar Marmushning tizzadagi jarohati Jeremi Dokuga o‘ynash imkonini berdi va belgiyalik futbolchi kutilganidan ham samarali o‘ynayapti. Hozir Doku Gvardiola uchun chap qanot hujumchisi roliga asosiy nomzod.

Rodri va Husanovning o‘rniga maydonga tushgan Niko Gonsales va Mateush Nunesh ham “Byornli”ga qarshi zo‘r o‘ynadi.

Jarohat olganlar tez orada safga qaytadi. Ular orasida kelasi tur o‘yinigacha oyoqqa turadiganlari bor. Ammo Marmush, Sherki, Ayt-Nuri va Husanov shu paytga qadar Gvardiola jamoasiga katta ta’sir o‘tkazib kelganiga qaramay, endi ular tarkibdagi joyini qaytarib olish uchun yana ichki raqobatda zo‘rligini isbotlashi kerak.

Rodrining  vaziyati biroz farq qiladi. “Oltin to‘p” sohibi Gvardiola uchun raqobatdan yuqori turadigan ijrochi. Niko Gonsalesga faqatgina Rodrining jismoniy holatidagi kamchiliklar qo‘l kelishi mumkin. Og‘ir jarohatdan keyin ispan futbolchisi hali to‘liq o‘ynashga tayyor emas. “Byornli” bilan o‘yin oldidan esa, Rodri murabbiylar shtabiga maydonga tusha olmasligini aytgan.

Mavsumni boshida o‘ng qanot himoyasidagi joyini Abduqodir Husanovga boy bergan Mateush Nunesh “Byornli”ga qarshi kechgan bahsda o‘zbek futbolchisi bilan raqobatlashishga tayyorligini namoyish qildi.

Husanovning jarohati tufayligina boshlang‘ich tarkibga kirgan Nunesh faol o‘yin ko‘rsatdi, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqib darvozasiga doimiy xavf solib turdi. Ammo, “Byornli” gol urgan pallada Nunesh odatdagidek himoyadagi joyiga qaytishga ulgurmagan edi. Aybini gol urish va raqib o‘z darvozaga to‘p kiritib qo‘ygan zarbani yo‘llab, g‘alabaga katta hissa qo‘shish orqali yopdi.

Nuneshning doimiy tarzda hujumga qo‘shilib turgani g‘alaba keltirgan asosiy omillardan bo‘ldi.  Buni Gvardiola “Bizga Nuneshning jismoniy quvvati kerak ekan. Uning shiddati, shijoati, energiyasi g‘alaba keltirdi. Uning bu harakatlari hujumga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etdi. Aslida Mateush yarim himoyachi, shu bois, undan maydonda yanada yaxshi paslar va samarali harakatlarni talab qilishga haqlimiz. Shunday o‘ynashini qo‘llab-quvvatlayman”, deya tan oldi, - deb yozmoqda esteemedkompany.com sayti ekspert Adam Marrett.

 Asli markaziy himoyachi hisoblangan Abduqodir Husanov oxirgi uchta uchrashuvda jamoaning eng muammoli va nozik nuqtasi –  mudofaa chizig‘ining o‘ng qanotida juda ishonchli o‘ynab kelayotgan edi. Endi hamyurtimiz bu pozitsiyaga qaytish uchun Mateush Nunesh bilan raqobatga kirishadi. Himoya markazidan joy olish uchun esa, Yoshko Gvardiol, Jon Stounz hamda Ruen Diash bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.

Darhaqiqat, mutaxassislarning ta’kidlashicha, Abduqodir Husanov 5 oktyabr kuni “Brentford”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvgacha safga qaytishi kutilmoqda.

Husanovdan o‘tolmading-ku! “Arsenal” mashhur hujumchidan voz kechadi

Bunaqada Husanov joyini boy beradi!

Gvardiola Husanovga qanday talablar qo‘ydi?

Gvardiola: Husanovni kutmang!

​“Qoya”, “Jangchi” yoki “Afsungar”: Husanovning Angliyada yana qanday laqablari bor?

Fanatlar talabi: Husanovni “Barsa”ga olib keling!

Husanov qachon maydonga qaytishining aniq sanasi e’lon qilindi!

Fanatlar Husanovdan mo‘’jiza kutyapti!

“Siti” Husanovsiz o‘ynashni o‘rganishi kerak

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
29/09/2025 14:58
Эй чаласаводлар Бир мавзуни МИНГ марта езасанми етар Энди кийин буладими ОМОН буладими пешанасидан куради саводинг етмаса чикиб пахта эк саводсизлар.