Rasmiy xabar: “Real” darvozasini qo‘riqlagan mashhur darvozabon hayotdan ko‘z yumdi

  • 28 sentabr, 22:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Xose Arakistayn 88 yoshida hayot bilan xayrlashdi. Bu haqda “Qirollik klubi” rasmiy sayti ma’lumot berdi.

Tecno

- “Real Madrid”, klub prezidenti va direktorlar kengashi vakillari jamoa tarixidagi afsonaviy darvozabonlardan bo‘lgan Xose Arakistaynning vafot etgani munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qiladi.

Klub marhumning oila a’zolari, do‘stlari va barcha yaqinlariga ta’ziya izhor etadi, - deyiladi “Qirollik klubi”ning rasmiy bayonotida.

Arakistayn aslida “Real Sosedad” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1956-1996 yillar davomida bu jamoa darvozasini qo‘riqlagan golkiper “Real”ga o‘tganidan keyin 1968 yilgacha “Qirollik klubi”da faoliyat yuritgan.

Madridliklar safida Arakistayn etti mavsum davomida 97 ta uchrashuvda ishtirok etib, olti bor Ispaniya chempioni, bir bor mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi. 1966 yilda Evropa chempionlari kubogini qo‘lga kiritdi.

Tajribali posbon faoliyatining oxirgi bosqichini “Elche” va “Kastelon” klublarida o‘tkazgan. Xose Aragistayn Ispaniya terma jamoasi safida 1962 yili Chili mezbonlik qilgan jahon chempionatiga borgan. U professional faoliyatini 1973 yili yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!