
"Surxon" Sergey Arslonov bilan shartnomani uzaytirdi
“Surxon” klubi bosh murabbiy Sergey Arslonov bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Yakuniga etgan mavsumda termizliklar ushbu mutaxassis boshchiligida Superligada jamoa tarixidagi eng yaxshi natijani takrorladi va ko‘pchilikda iliq taassurot qoldira oldi.
“Surxon” matbuot xizmatining xabar berishicha, Arslonov bilan shartnoma 1 yilga uzaytirilgan.
Fikrlar