"Surxon" Serbiya klubini taslim etdi

  • 1 fevral, 2024, 00:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Surxon” klubi Antaliya yig‘ini doirasida bu safar Serbiyaning “Novi Pazar” klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda “Surxon”ning qo‘li baland keldi – 3:1.

Tecno

Kamron Saydazimov (16), Jahongir Abdusalomov (70) va Doston Tursunov (80)ning gollari “Surxon”ga g‘alaba keltirdi. Raqib jamoadan Rafael Floro 85-daqiqada penaltidan hisobni biroz qisqartirdi.

“Surxon”ning boshlang‘ich tarkibi: Davron Merganov, Aziz Pirmuhammadov, Abduqodir Amirqulov, Shoxjahon Sultonmurodov, Sardor Mahmudov, Xumoyun Sherbo‘taev, Jahongir Abdusalomov, Kamron Saydazimov, Davlatjon Muhitdinov, Sarvar Abduhamidov, Muhammadali Abdurahmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Yo‘ldoshev, Diyor Ramazonov, Doston Tursunov.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!