
"Surxon" legioner hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Kirill Kolesnichenko - "Surxon" futbolchisi! Bu haqda klub matbuoti e’lon qildi.
Rossiyalik futbolchi Kirill Kolesnichenko "Surxon" futbolchisiga aylandi. Yanvar oyida Kolesnichenko Turkiyadagi yig‘inda jamoamizga qo‘shildi va ko‘rik asosida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarda maydonga tushdi. Kolesnichenkoning harakatlari murabbiy shtabiga ma’qul keldi va futbolchi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi
Kirill Kolesnichenko 2000 yil 31 yanvarda Rossiyaning Kamishin shahrida tug‘ilgan. U "Chertanovo" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, hujumchi hamda chap qanot vinger pozitsiyasida o‘ynaydi. O‘z faoliyati davomida u "Ural", "SKA-Xabarovsk", "Qayrat", "Rotor", "Rodina" va "Amkar" kabi klublarda to‘p tepgan.
Fikrlar