
"Surxon" etakchi futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirdi
Bu yilgi mavsumda ham Superligada munosib ishtirok etishni maqsad qilgan «Surxon» jamoasi, o‘tgan mavsum jamoada to‘p surgan 7 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi. «Surxon» jamoasi etakchisi Shavkat Salomov keyingi mavsumni ham «Surxon»da o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Shuningdek, Asilbek Amonov, Raxmatullo Berdimurodov, Abduqaxxor Xojiakbarov, Darko Stanoevich, Vladimir Bubanya, A’zamjon Aliev va Asror G‘ofurovlar ham «Surxon» jamoasi bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval hujumchi Aleksandr Kasyan ham «Surxon» bilan shartnoma shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar