Superliganing bu turidagi qaysi o‘yinga eng ko‘p muxlis tashrif buyurganini bilasizmi? Eng kam ishqiboz-chi?

  • 29 iyun, 2021, 14:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25-28 iyun kunlari Superligada 11-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasini tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 16084 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 2298ni tashkil qiladi.  

Eng ko‘p muxlis Jizzaxda qayd etildi. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” o‘rtasidagi bahsni 4200 odam shohidiga aylandi. E’tiborlisi, markaziy bellashuvga bu qadar kam ishqiboz kelishi kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Chempionatimizga qiziqish pasaymoqdami yoki yozning issiq kunlari boshlanganining ta’sirimi? Ammo o‘yinlar kechki payt soat 20:00da boshlandi. Balki bu ayrim jamoalar o‘z o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazgani bilan bog‘liqdir. Har holda "Surxon" Toshkentda, "Andijon" Olmaliqda, "Qo‘qon-1912" Yaypanda uchrashuvlarni qabul qildi. Stadiondagi muammo bois shunday qarorga kelindi.

Eng kam ishqiboz Olmaliqda. “Andijon” – AGMK bellashuvini 1029 tomoshabin kuzatdi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

"So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" 0:0. 4200 tomoshabin

"Metallurg" - "Navbahor" 2:2. 3201 tomoshabin

"Turon" - "Mash’al" 0:0. 2531 tomoshabin

"Qo‘qon-1912" - "Nasaf" 1:2. 1803 tomoshabin

"Surxon" - "Paxtakor" 0:4. 1753 tomoshabin

"Qizilqum" - "Bunyodkor" 2:1. 1567 tomoshabin

"Andijon" - AGMK 2:3. 1029 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!