Superligaga qaytgan "Dinamo" birinchi bo‘lib qishki yig‘inga kirishdi

  • 4 dekabr, 2023, 20:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 2023 yakunlariga ko‘ra, Superligaga yo‘llanma olgan «Dinamo» jamoasi bir oylik ta’tildan keyin yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Tecno

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa bugun, 4 dekabrdan Samarqanddagi klub qarorgohida to‘planishdi. «Afrosiyob Arena»da o‘tayotgan mashg‘ulotlarda bir qator yosh o‘yinchilar ko‘rikda qatnashmoqda.

Dastlabki yig‘inda asosiy e’tibor yosh o‘yinchilarni sinab ko‘rish va futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratiladi. Jamoa dekabr oyidagi yig‘inni to‘liq Samarqandda o‘tkazadi.

“Dinamo” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!