
Superligadagi ilk iste’fo: Ernandes "Metallurg"dan ketdi!
Cuperligada dastlabki iste’fo "Metallurg" bosh murabbiyi bilan sodir bo‘ldi. Ispaniyalik Luisma Ernandes rasman ishdan ketdi. Bu xususida klub matbuot xizmati shunday xabar berdi:
"Luisma Ernandes bilan oilaviy sharoiti hamda ikki tomon kelishuvi asosida mehnat shartnomasi bekor qilindi.
O‘z navbatida «Metallurg» futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa o‘yinchilari nomidan «Metallurg» PFKdagi samarali mehnati uchun Luisma Ernandesga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz", - deyiladi klub bergan bayonotda.
Fikrlar