
Superligada oktyabr oyining eng yaxshi hakami bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum
Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumning 2-yarmidan boshlab O‘zbekiston futbol hakamlari markazi har oy yakunlariga ko‘ra eng yaxshi hakamni aniqlab keladi. Oyning eng yaxshi hakami futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, jumladan, sharhlovchi, jurnalist va murabbiylar tomonidan aniqlab olinishi rejalashtirilgan. Demak, oktyabr oyining eng yaxshi hakami bo‘lish uchun keltirilgan nomzodlar bilan tanishing:
— Shavkat Nasibullaev;
— G‘ayrat Jo‘raev;
— Doston Rahmonov;
— Ahrol Risqullaev.
Quyida ularning ushbu oy davomida boshqargan uchrashuvlari ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin:
1. Shavkat Nasibullaev.
— Pro liga, 20-tur:
12.10.2024. "Qo‘qon-1912" - "Dos’tlik" (1:0);
— Superliga, 21-tur:
21.10.2024. "So‘g‘diyona" – OKMK (1:1);
— Superliga, 22-tur:
28.10.2024. "Dinamo" – "Nasaf" (1:2).
2. G‘ayrat Jo‘raev.
— Superliga, 21-tur:
19.10.2024. "Metallurg" – "Andijon" (0:0);
— Superliga, 22-tur:
26.10.2024. "Qizilqum" – "Paxtakor" (2:0).
3. Doston Rahmonov.
— Superliga 21-tur:
20.10.2024. "Olimpik" - "Qizilqum" (1:0);
— Pro liga, 24-tur:
24.10.2024. "Xorazm" - "Buxoro" (1:0);
— Pro liga, 24-tur:
29.10.2024. "Sho‘rtan" - "Mash’al" (0:1).
4. Ahrol Risqullaev.
— Pro liga, 24-tur:
24.10.2024. "Qo‘qon-1912" - "Aral" (2:1);
— Superliga 22-tur:
28.10.2024. OKMK - "Neftchi" (1:2).
Fikrlar