
Superliga. Jangovar kechgan poytaxt derbisida "Paxtakor" mag‘lubiyatga uchradi
Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar safida gollarni Xakimov va Rahmonaliev (dubl) kiritdi. Mezbonlarning ikki goli Fayzullaev va Sayfiev hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Bunyodkor"ning ochkolari soni 16 taga etdi. Jamoa ayni payt jadvalda 8-o‘rindan joy olgan. "Paxtakor" hisobida 20 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar