
Superliga. Baqoev chetlatilgan o‘yinda "So‘g‘diyona" "Lokomotiv" bilan durang o‘ynadi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli va yakkakurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0. Bellashuv so‘nggida uchrashuv bosh hakami Akobirxo‘ja Shukurullaev mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoevni maydondan chetlatdi.
Fikrlar