
Superliga asoschilari UEFAning og‘zini qanday yopish mumkinligini biladi
Evropa Superligasi uchun yangi moliyaviy shartlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Financial Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Superliga tashkilotchilari ushbu musobaqada ishtirok eta olmaydigan jamoalarga yiliga 400 mln evro miqdorida pul bermoqchi. Superliga asoschilari bunday katta miqdordagi pul berish orqali futbol mutasaddilarini o‘z loyihalari bilan kurashishdan voz kechishga majbur qilishmoqchi.
Taqqoslash uchun, Chempionlar ligasiga chiqa olmagan klublarga UEFA har yili 140 mln evro ajratadi. Bu esa Superliga tarafdorlari va’da qilayotgandan 3 barobar kam deganidir.
Ayni damda Florentino Peres boshchiligidagi Superliga asoschilari hamda UEFA o‘rtasida katta mojaro yuzaga kelgan. Bu “urush”da kim g‘olib bo‘lishini tez orada bilib olamiz.
Fikrlar