
Superliga. "Andijon" o‘z maydonidagi ikkinchi o‘yinda ham nursiz durang o‘ynadi
O‘zbekiston Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Surxon" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Jamoalar bir qancha vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biroq bellashuvda hisob ochilmadi. Qayd etish lozim, 26-daqiqada termizliklar vakili Behruz Shaydulov qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
Shu tariqa, "Andijon" 21 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi. 23 ochkosi bor "uchar tulporlar" 5-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar