
Superliga. "Andijon" ikkinchi, "Nasaf" esa kuchli to‘rtlikka kirib oldi
Bugun Superliga 3-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, "Surxon" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 2:3 hisobida zafar quchdi. Maydon egalari safida gollarga Abdurahmonov hamda Sherbo‘taev mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Esanov, Sohibjonov va Pirmuhammadov nomiga qayd etildi.
"Nasaf" - "Qizilqum" uchrashuvi esa "ajdarlar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
18-daqiqada Alibek Davronov hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Murodbek Rahmtov oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 64-daqiqada esa Akai Shulaya gol urib, hisobni qisqartirdi. 83-daqiqada Ilhomjon Vahobov Ne’matovga qupollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi va maydonni tark etdi.
Shu tariqa, Berdiev shogirdlari qiyinchilik bilan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Bugungi o‘yinlardan so‘ng turnir jadvali bilan tanishing!
Fikrlar