
Superliga. 5-turda eng ko‘p muxlis Andijonda
Tur doirasidan o‘rin olgan 7 bellashuvni jami 51 251 nafar muxlis bevosita stadiondan turib kuzatib bordi. Bu har bir o‘yinga 7321 nafar muxlis deganidir.
"Sog‘lom avlod" stadionida kechgan «Andijon» - «Nasaf» bahsi (3:1) turning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘yiniga aylandi – 16 856 muxlis.
Shuningdek Buxoro shahrida kechgan «Buxoro» - «Lokomotiv» (0:2) qarama-qarshiligini ham 13 mingdan ziyod tomoshabin kuzatib bordi.
Olmaliqda bo‘lib o‘tgan AGMK - "Bunyodkor" (0:1) bahsi esa bu turda muxlis to‘plash borasida so‘nggi o‘rinni egalladi.
“Andijon” – “Nasaf” 3:1. 16856 tomoshabin
“Buxoro” – “Lokomotiv” 0:2. 13256 tomoshabin
“Paxtakor” – “Dinamo” 2:0. 7846 tomoshabin
“Navbahor” – “Surxon” 3:0. 7122 tomoshabin
“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” 0:1. 2670 tomoshabin
“So‘g‘diyona” – “Metallurg” 2:1. 2081 tomoshabin
AGMK – “Bunyodkor” 0:1. 1420 tomoshabin
Fikrlar