
Superliga. 14-turda kimlar maydonga tusha olmaydi?
Bugun Superligada ikkinchi davraga rasman start beriladi. 14-tur oldidan O‘zPFL diskvalifikatsiyaga uchragan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 5 nafar o‘yinchi 14-turda o‘z klublariga yordam bera olmaydilar. Eng ko‘p yo‘qotish “Metallurg”da bo‘lib, bekobodlkiklardan Iskandar Shoyqulov, Abror Toshqo‘ziev va Asrorxon Otaxonov maydonga tushish imkoniyatiga ega emas.
Shuningdek, bu turda “Andijon” hamda OKMK o‘zaro “Bobur arena”da kuch sinashishadi. Ikkala jamoadan bitta yo‘qotish bor. Mezbonlar safida Abdulvohid G‘ulomov, raqib jamoada esa Oybek Rustamov o‘ynay olmaydilar.
Fikrlar