
Super klubga aylanayotgan “Nyukasl” “Oltin to‘p” sohibini chorlamoqda
“Nyukasl” rahbariyati “Real”ga yarim himoyachi Luka Modrichning transferi bo‘yicha murojaat qildi.
Arab shayxlari qo‘liga o‘tayotgan “Nyuskasl” qator shov-shuvli xaridlarga bel bog‘lagan. Ular Edinson Kavani, Luka Modrich, Garet Beyl kabi jahon futboli yulduzlarini olib kelishga harakat qilmoqda.
“Nyukasl” vakillari 34 yoshli “Oltin to‘p” sohibi uchun madridliklarga 25-30 million evro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan. Bu summa “Real”ni qanoatlantiradi. Chunki o‘yinchi bir yildan so‘ng erkin agentga aylanadi va u bilan yangi shartnoma tuzish rejalashtirilmagan.
Fikrlar