
Super darvozabon taklif kutmoqda
“Atletiko” darvozasini mustahkam qo‘riqlayotgan Yan Oblak tez orada kuchliroq klubga o‘tib ketishni rejalashtirmoqda.
Sloveniyalik posbon Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir bo‘lgan jamoa darvozasini qo‘riqlashni istamoqda. Shu bois, u “Atletiko”dan kuchliroq klublardan taklif kutyapti.
Aslida Yan Oblak “Chelsi”dan aniq taklif olgandi. Biroq, madridliklar darvozabonning 109 million funt miqdoridagi transfer summasini pasaytirmadi va londonliklar darvozabonni bu narxga olish fikridan qaytdi.
Ayni paytda Yan Oblakka PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar