
Sulsher qidirgan futbolchisini topdi. Transfer amalga oshadimi?
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher jamoaning zaif pozitsiyalarini yopish maqsadida qanot himoyachisini qidirayotgan edi.
Ayni paytda norvegiyalik mutaxassis ikki nafar futbolchi nomzodida to‘xtaldi. Ulardan biri Maks Aarons ayni paytda “Norvich” klubi sharafini himoya qilmoqda. Yana bir nomzod Kiran Tripper “Atletiko” o‘yinchisi hisoblanadi. Har ikki futbolchi Sulsher jamoasidagi muammolarni hal qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Shu bois, “Manchester Yunayted” ulardan birini qishki transferlar vaqtida qo‘lga kiritmoqchi.
Fikrlar