Sulsher Gvardiolaga armon bo‘lgan futbolchini oladi

  • 11 avgust, 2020, 22:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Evropa Ligasi yakunlanishi bilan “Napoli” markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali transferiga kirishadi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar 29 yoshli senegallik futbolchi uchun 70 million evro berishga tayyor. Kalidu himoya markazida jamoa sardori Harri Maguayrga sherik bo‘lishi kutilmoqda.

Kulibali transferiga “Manchester Siti” ham qiziqayotganini ta’kidlash joiz. “Shaharlik”lar bu futbolchini olish uchun italiyaliklarga 55 million evro taklif qildi.

Bir necha oydan beri Kulibalini 100 million evrodan kamiga sotmasligini bildirayotgan “Napoli” rahbariyati Manchester klublari taklifiga javob qaytargani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FarxodMaxmudovich
12/08/2020 00:55
Bu to'g'ri qarormikan yoshi ancha o'tip qoldi Kulibalining so'ngi o'yinlarda o'zini yo'qotip qo'ygandek.70 mln evroga qimmatmasmikan yaxshisi boshqa ximoyachi topsa maqsadga muofiq bo'lardi.