
Suares koronavirusdan sog‘aydi
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik futbolchining Covid-19 ga topshirgan testi manfiy chiqqan.
Suares joriy mavsum “Atletiko” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar