
Suares "Arsenal"ga ma’qul kelmadi
Londonning "Arsenal" klubi mavsum yakunlangach "Barselona"dan ijaraga olgan yarim himoyachisi Denis Suaresni ortga qaytarib yubormoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, 25 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoaga kelib qo‘shilganidan buyon bosh murabbiy Unai Emerining e’iborini qozona olmayapti. Emerining fikricha Suares APLning jismoniy talabiga javob bermaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda “kanonirlar” Suaresning o‘rniga PSJdan Kristofer Nkunkuni sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Fikrlar