SPORTS.uz talqini bo‘yicha Evropa Ligasi guruh bosqichi ramziy terma jamoasi

  • 18 dekabr, 2020, 22:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiy: Stiven Jerrard (“Reynjers”)

Tecno

Afsonaviy futbolchilarning yaxshi darajadagi murabbiy bo‘lish holatlari ancha kam uchraydi. Ammo so‘nggi yillarda Jerrard tipidagi o‘tmish yulduzlari o‘zlarini murabbiylik sohasida ham yaxshigina ko‘rsatishmoqda. 

Shotlandiyaning “Reynjers” klubi uning qo‘l ostida xalqaro maydonda o‘z so‘zini aytib kelmoqda. Bir necha yillik “Seltik”ning gegemoniyasi ham mana shu murabbiy davrida barham topayotgandek. Guruh bosqichi doirasida mag‘lubiyatga uchramagan Stivi Jini ramziy jamoamizga bosh murabbiy etib saylaymiz. Taktik sxema: 4-3-3.

NINTCHDBPICT000622902286

Darvozabon: Dominik Livakovich (“Dinamo” Zagreb)

Xorvatlarning akademiyasi ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib ketmoqda. Bu davlat futbolida o‘ziga xos tizim ishlayotgani etishtirib chiqarilayotgan futbolchilar fonida namoyon bo‘lib turibdi. 

Guruh bosqichi mobaynida mana shu akademiyaning yana bir umidli vakili Dominik Livakovich 1 marotabagina gol o‘tkazib yubordi. Ushbu bosqichda bundan yaxshiroq natijani topa olmaysiz. 

9addafc2faf341fc65a5

Chap qanot himoyachisi: Vendell (“Bayer”)

Guruh bosqichi mobaynida “Bayer” eng sermahsul jamoa bo‘ldi. Bunda himoyadagi mustahkamlik ham katta o‘rin tutadi. Braziliyalik qanot himoyachisi mudofaa ishlaridan tashqari hujumga faol qo‘shilib turadi. Uning hisobida bitta golli uzatma ham mavjud. 

545780_med_bayer_leverkusen_x_bayern_munchen_1_bundesliga_2018_19_campeonato_nbsp_jornada_20.jpg

Markaziy himoyachi: Dominges Duarte (“Granada”)

Ispaniyada italyancha uslubga ega jamoa paydo bo‘lgan. “Granada” quvnoq, romantik ispan diyoriga tartibli himoya va aniq uzatmalarga asoslangan “katenachcho”ni olib kirdi. Bu hozircha natija bermoqda. Jamoa atigi 6 ta gol urib, pley-offga yo‘l oldi. O‘z darvozasidan ham 3 tagina to‘p olib chiqdi. 

Portugaliyalik Duarte Evropa Ligasi doirasidagi barcha uchrashuvlarda jamoasi himoyasining asosini tashkil etib turdi. 

naom_5f1715ed28e43

Markaziy himoyachi: Alessio Romanoli (“Milan”)

Italiyaliklar himoyasidagi eng ishonchli vakilni ramziy jamoamizga kiritishga qaror qildik. Ko‘plab o‘yinlarda jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushayotgan Romanoli “Milan” g‘alabalarida katta o‘rin tutadi. 

“Lill”ga qarshi o‘yinlarni istisno etganda, “rossonerilar” guruh bosqichini ajoyib tarzda o‘tkazdi. 

GettyImages-1206230769

O‘ng qanot himoyachisi: Sedrik Soaresh (“Arsenal”)

O‘ng qanot himoyasida “Arsenal”ning asosiy futbolchisi Ektor Belerin hisoblanadi. Ammo Soaresh Evropa Ligasida asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Bu unga Arteta tomonidan bildirilgan ishonch namunasi va portugaliyalik himoyachi o‘z vazifasini yaxshi bajarmoqda. APL doirasida ham ispaniyalik raqobatchisi jarohat olgan paytlarda u bemalol tarkibni to‘ldira oladi. 

30840376-0-image-a-16_1594907076364

Markaziy yarim himoyachi: Yuriy Tilemans (“Lester”)

“Tulkilar” Premer-ligadagi o‘yinlari orqali Evropa Ligasida zafar quchish imkoniyatiga ega ekanliklarini ko‘rsatib qo‘ya olishdi. U guruh bosqichining hech bir uchrashuvida gol ura olmadi. Biroq maydon markazidagi dirijyorlik ishlari uni ramziy jamoamizdan o‘rin olishiga sabab bo‘ldi. 

Tielemans

Hujumkor yarim himoyachi: Pitstsi (“Benfika”)

Navbat eng sermahsul futbolchilarga. Dastlab, Pitstsi haqida. “Benfika”ning etakchi va ijodkor futbolchisi 6 ta gol va 2 ta aniq uzatmasi bilan to‘purarlar jadvalini boshqarib turibdi. Uning ajoyib o‘yinlari natijasida joriy mavsumdan o‘z darajasini qayta tiklashni maqsad qilgan “burgutlar” pley-offga yo‘l olishga muvaffaq bo‘ldi. “Reynjers”ning taktik salohiyatigina ularni ortda qoldirdi. 

Pizzi_2019

Hujumkor yarim himoyachi: Yusuf Yaziji (“Lill”)

“Milan”ning “qo‘rqinchli tushi” jamoasini keyingi bosqichga sudrab olib chiqdi. Mavsum boshida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan “rossonerilar”ni birinchi bo‘lib frantsuzlar to‘xtatishida turkiyalik xavbekning o‘rni bo‘lakcha. Uning ko‘rsatkichlari Pitstsiniki bilan bir xil. Ammo maydonda o‘tkazgan natijalarining ko‘pligi tufayli 2-pog‘onada qoldi. 

1_GettyImages-1280958280

Chap qanot hujumchisi: Leon Beyli (“Bayer”) 

Yamayka haqida gapirganda Useyn Bolt birinchi bo‘lib xayolimizga kelishi aniq. Ammo ushbu yurt sportini butun dunyoga tanituvchi yana bir nom etilib bormoqda. “Bayer” vingeri guruh bosqichi mobaynida 5 ta gol va 2 ta assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning gollari yordamida “dorishunoslar” guruh bosqichida eng ko‘p gol urgan (21 ta) jamoaga aylandi. 

47337269_401

O‘ng qanot hujumchisi: Karlos Vinisius (“Tottenxem”)

Mourino jamoasidagi yangi vakil o‘zini, asosan, Evropa Ligasida ko‘rsatib kelmoqda. Albatta, dunyoning eng kuchli raqobatga ega ligasida o‘zini ko‘rsatish ancha qiyin. Evropa Ligasi esa u uchun erkin maydon. Braziliyalik yosh iqtidor egasi 6 ta tur mobaynida to‘liq o‘ynamagan bo‘lsa-da, 3 ta gol va shuncha uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 

GettyImages-1281698722-1280x720

Markaziy hujumchi: Darvin Nunes (“Benfika”)

Urugvaylik yosh hujumchi Evropa grandlarining navbatdagi nishoni. Unga og‘iz soluvchilar ham ko‘payib qoldi. 21 yoshida Evropa Ligasida 5 ta gol va 1 ta assist amalga oshirish yaxshi kelajakka va’da beradi. U qatori bir nechta hujumchilar ham ushbu o‘rindan joy olishi mumkin edi. Ammo yosh futbolchining ko‘rsatgan o‘yinini rag‘batlantirish maqsadida uni ramziy jamoamizga kiritdik. 

darwin-nunez-1604617943-50633

Top5 (1)_2

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!