
SPORTS.uz Belgrad-2021. Saidjamshid Jafarov: Yaponiyalik bokschining kuchli tomonini sezmadim. Ammo...
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Kun doirasidan o‘rin olgan biz uchun oxirgi jangda Saidjamshid Jafarov (-75 kg) yaponiyalik Yuito Morivaki bilan ringga chiqdi. Bellashuvda hamyurtimiz ishonchli hisobda g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endi u ozarbayjonlik Kozimzoda Mirsharif bilan 1 noyabr kuni nimchorak finalda to‘qnash keladi.
G‘alabadan so‘ng Saidjamshid Jafarov SPORTS.uz saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Jangdan jangga ochilib ketyapman. Bu gal avvalgi jangdan ko‘ra raqibning jigar qismiga zarbalar berishga urg‘u berdim. Shuning uchun jang ijobiy yakunlandi.
Yaponiyalik bokschining kuchli tomonini sezmadim. Ammo himoyasi kuchli ekan. Muxlislar duo qilib tursa, yurtimizga g‘alaba bilan qaytamiz, - dedi bokschi.
Fikrlar