SPORTS.uz Belgrad-2021. Ertaga 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi yurtimiz sharafini himoya qiladi

  • 30 oktabr, 2021, 21:45
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Ertaga, 31 oktyabr kuni O‘zbekiston sharafini 4 nafar bokschimiz himoya qiladi. Dastlab Shahobiddin Zoirov (-54 kg) yaponiyalik Tomoya Tsuboyiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 17:00da boshlanadi (V ring).

Lazizbek Mullajonov (+92 kg) angliyalik Orie Delisiosga to‘qnash keladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 20:00da boshlanadi (A ringda).

Abdumalik Xalakov (-60 kg) sloveniyalik Tedach Sernoga bilan jang o‘tkazadi. Uning chiqishi Toshkent vaqti bilan taxminan 22:15da boshlanadi (A ring).

Madiyar Saidrahimov (-92 kg) qozog‘istonlik Aibek Oralbayga to‘qnash keladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan taxminan yarim tunda 01:00da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muhammad Ali 07
30/10/2021 21:48
Nimchorakmi chorak finalmi shuniyam yozinglar i kengroq malumot beringlar