SPORTS.uz Belgrad-2021. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning jangi yakunlandi

  • 1 noyabr, 2021, 18:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Tecno

Bugun O‘zbekiston sharafini 4 nafar bokschimiz himoya qiladi. Dastlab Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) yaponiyalik Sevonrets Okazava bilan jang o‘tkazadi.

Birinchi raund boshlandi.

Raundning ilk daqiqalarini bokschilar bir-birini o‘rganish bilan o‘tkazdi. Yakkalik zarbalar uchrab turdi, ikki tomondan ham.

Keyinchalik vakilimiz chap qo‘lda ikki bor zarba yo‘lladi. Biroq hamyurtimiz himoyani esdan chiqardi. Birinchi raund yaponiyaliklar foydasiga 5:0.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshladi.

Asadxo‘ja ikkilik zarbasini aniq yo‘lladi. Okazava juda engil harakat qilyapti. Hamyurtimizning raqibi tajribali ekanligi ko‘rinmoqda. Asadxo‘ja jeb zarbasini o‘tkazib yubordi. Ana endi Mo‘ydinxo‘jaev yakkalik aniq zarbalar berdi. 

Ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Oxirgi raund, hal qiluvchi palla. Yaponiyalik bokschi vakilimizning qorin qismiga zarlbalar bermoqda...

Lekin Asadxo‘ja unga javoban uning yuz qismiga kuchli zarba berdi.

Jang yakunlandi. Hakamlar Okazavaning g‘alabasini qayd etishdi. Okazava keyingi bosqichda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Usmonov Jaloliddin
01/11/2021 18:17
Asadxoja zo‘r urushdi xakam xaromdan bo‘gan valatilar o‘tirib olibdida maymunga o‘xshab sakraganiga ishqiboz bo‘ldimi oneni............lar xaromini ballari