SPORTS.uz Belgrad-2021. Abdumalik Xalakov ham ishonchli hisobda g‘alaba qozondi

  • 29 oktabr, 2021, 21:45
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 

Tecno

Bir necha daqiqadan so‘ng, Abdumalik Xalakov (-60 kg) ishtirokidagi jang boshlanadi. U makedoniyalik Jasin Lyama bilan ringga ko‘tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan 21:30dan so‘ng boshlanadi.

Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Abdumalik Xalakov qizil formada, Jasin Lyama ko‘k libosda jang qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Hamyurtimiz ilk daqiqalardan uchlik zarbalar berishga urindi. Uning ishonch bilan yo‘llagan zarbalari aniq ko‘rinish oldi. Texnikasini namoyish qildi. Natijada Abdumalik raundni o‘z foydasiga hal qildi - 5:0.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshlandi.

Abdumalik texnikasi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi sabab bemalol harakat qilmoqda. U bu raundda bittadan kuchli zarbalarni ko‘p berdi. Ammo referi undan bir ochko olib tashladi. Sababi vakilimiz raqibining beldan pastki qismiga zarba bergan, deb topdi.

Ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Vakilimiz ikki raundni o‘z foydasiga hal qilgani uchun, ortiqcha hujumga o‘tmayapti. U fursat topildi deguncha zarba bermoqda xolos. Ammo uning kam sonli bo‘lsa-da zarbalari kuchli chiqdi. Jang yakunlandi.

Referilarning qarorini kutamiz... Bo‘ldi, hakamlar hamyurtimizning ishonchli g‘alabasini qayd etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
29/10/2021 22:36
Шу рефери ҳоним ҳам белдан пастга банан манан, мева чеваларга кўп эътибор берар эканда. Рақиби бошини буковериб белини яшрса Абдумалик қайрга зарба берсин. Бошни орқасига урма диейди.
Омад боксчимизга.
&
Бухорий Шариф
29/10/2021 22:31
Ғалаба муборак юртдошлар. Ажойиби иқтидор Абдумалик Ҳалаков томонидан ажойиб жанг ва ғалаба бугун ҳисобидан 3 ғалаба бўлди.Омад тилаймиз ва киейнги жангларни ҳам ишонч билан ўтказиб чемпион бўлишини кутиб қоламиз. Олға Абдумалик.