So‘nggi 5 yil ichidagi eng yaxshi natijani takrorlash uchun bir qadam...

  • 16 aprel, 2024, 11:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" so‘nggi marta 2019 yilda Chempionlar ligasi yarim finalida o‘ynagan. O‘sha mavsum boshida Lionel Messi muxlislarga EChL kubogini "Komp Nou"ga qaytaramiz, deb va’da berib qo‘yadi. Guruhdan qiyinchiliksiz chiqqan kataloniyaliklarga esa "Lion" to‘qnash kelgan. Dastlabki o‘yinda tomonlar durangga imzo chekkan bo‘lsa, javob bahsida "Barsa" 5:1 hisobi bilan zafar quchadi. Chorak finalda "Manchester Yunayted" to‘sig‘idan o‘tib, Valverde shogirdlari yarim finalga yo‘l oldi. "Komp Nou"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar javobsiz 3 ta gol urishadi, lekin ikkinchi bellashuvda...

Tecno

Liverpool 4-0 Barcelona: Champions League at a glance | UEFA Champions  League | UEFA.com

Yurgen Klopp armiyasi futbol tarixidagi eng dahshatli kambeklardan birini amalga oshirdi va finalga yo‘l olib, chempionga ham aylandi. Bu kambek "Barsa" uchun EChLdagi eng so‘nggi yarim final bahsi bo‘lib qoldi. O‘sha paytlar bu gapni kimgadir aytsangiz, ishonmasligi aniq edi, lekin keyingi 5 yil ichida klubni eng yomon natijalar kutib turgandi.

Barcelona 2-8 Bayern Munich, Match Summary, a lot of sacking awaiting |  Barca Universal

Bir mavsumdan keyin "Bavariya"dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyat, undan keyin ikki yil Evropa ligasiga ravona bo‘lgan ispanlar vanihoyat guruhdan chiqishni uddalashdi. Nimchorak finalda "Napoli" mag‘lubiyatga uchratildi. 1/4 finalda esa "Barsa" PSJga ro‘baro‘ keldi. Parijdagi o‘yinda Xavi shogirdlari iroda namoyish etib, zafar quchishdi. Endi bu ishni ular o‘z maydonida qilishi kerak bo‘ladi. Shunda 2019 yildan keyin ilk bora Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqadi.

FC Barcelona players registered for the 2023/24 Champions League

1/2 finalda "Barselona"ni "Atletiko" - "Borussiya" to‘qnashuvidagi g‘olib kutib turibdi. "Matraschilar" dastlabki bahsda minimal hisobda g‘alaba qozonishgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
16/04/2024 14:45
Пиздец