
Son Xyon Min APLda etakchi!
"Tottenxem" futbolchisi Son Xyon Min APLning 9-turida "Manchester Siti"ga (2:0) qarshi kechgan uchrashuvda gol urishni uddasidan chiqdi.
28 yoshli hujumchi chempionatning joriy mavsumida 9 ta bahs o‘tkazib, 9 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida etakchilik qilishda davom etmoqda.
Dominik Kelvert-Lyuin ("Everton"), Muhammad Saloh ("Liverpul") va Jeymi Vardi ("Lester") hisobida 8 tadan gol bor.
Fikrlar