
"So‘g‘diyona"ning bugungi o‘yini qoldirildi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan "So‘g‘diyona" klubi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushishi lozim edi. Biroq o‘yin bekor bo‘ldi. Bu haqida "So‘g‘diyona" matbuot xizmati xabar berdi.
"Oldinroq xabar berganimizdek bugun Turkiya yig‘ini doirasida jamoamiz Kosova klubi «FC Malisheva»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishi kerak edi. Ayni damda Lara shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ayotganligi sababli o‘yin noma’lum muddatga qoldirildi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Fikrlar