"So‘g‘diyona"dan navbatdagi transfer: Aleksey Nosko bilan shartnoma tuzildi

  • 4 yanvar, 2024, 21:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum «Bunyodkor» jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi "So‘g‘diyona" bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida Aleksey Nosko 1996 yil 15 avgustda tavallud topgan. Aleksey Nosko o‘tgan mavsumda «Bunyodkor» tarkibida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga 2 ta gol yozidirib qo‘ygan hamda 2149 daqiqa maydonda harakat qildi.

Futbolchi faoliyati davomida «Bate», «Bunyodkor», «Maktaaral», «Torpedo Jodino», «Energetik-BGU», «Dinamo Brest», «Neman», «Zvezda-BGU», «Smorgon» jamoalarida to‘p tepgan. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, belaruslik legionerdan oldin jizzaxliklar Islom Qobilov va Sardor Qulmatov bilan ham shartnoma imzolagani xususida xabar berib o‘tdik. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!