"So‘g‘diyona" "Metallurg"ga qarshi o‘yinlarda ustunlikka ega. Bu gal bekobodliklar g‘alaba qozonsa, muvozanat tiklanishi mumkin

  • 10 iyul, 2020, 18:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Metallurg" klubi matbuot xizmati "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin oldidan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

“Metallurg” va “So‘g‘diyona” jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 36 ta o‘yin o‘tkazishgan. Shulardan 14 tasida bekobodliklar, 15 tasida jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan. 7 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi jizzaxliklar foydasiga – 51:49.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob 4:0. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan. “Metallurg” jamoasi ham “So‘g‘diyona”ni bir marta mavsum davomida ikki o‘yinda ham – o‘z maydoni va safarda mag‘lubiyatga uchratgan.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 11 g‘alaba, 3 durang, 4 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 29:20.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:

18.10.2019 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 0:1
21.04.2018 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:0
12.05.2017 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 3:1
05.03.2016 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 2:1
26.08.2015 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 1:2
14.05.2014 «Metallurg» - «So‘g‘diyona» 4:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!